Endi barcha yangi iPhone va iPad kamida 128 GB xotiraga ega bo‘ladi

eʼlon qilindi
Oxirgi model sifatida iPhone SE (3-avlod) va iPad 10 taqdim etildi
Foto: Macrumors

iPhone 8 va iPhone X bilan boshlangan 64 GB xotira davri nihoyasiga yetdi. Apple’ning barcha yangi iPhone va iPad modellari endi kamida 128 GB flesh-xotira bilan jihozlanadi, deya yozmoqda Macrumors.

Unga ko‘ra, Apple ilgari 64 GB bazaviy xotiraga ega bo‘lgan oxirgi modellar sifatida iPhone SE (3-avlod) va iPad 10’ni taqdim etgan edi. Biroq ushbu qurilmalar ishlab chiqarishdan olib tashlandi va ularning o‘rniga minimal 128 GB xotiraga ega iPhone 16e hamda A16 chipli yangi iPad sotuvga chiqarildi.

Shuningdek, 2024-yil oktabrdan boshlab Apple o‘zining barcha Mac modellarini kamida 16 GB operativ xotira (RAM) bilan jihozlashni boshladi. Ilgari bu ko‘rsatkich 8 GB edi.

Ma’lumot uchun, 64 GB bazaviy xotiraga ega bo‘lgan ilk iPhone modellari 2017-yilda chiqarilgan iPhone 8, iPhone 8 Plus va iPhone X bo‘lib, xuddi shu yili 64 GB yoki undan ko‘p xotiraga ega iPad Pro modellari ham taqdim etilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, sal avvalroq Apple yangi iPad Air’ni taqdim etgan edi.

Shuningdek