Avto

Genesis G90 Long Wheelbase Black taqdim etildi

$120 ming narx bilan
Genesis G90 Long Wheelbase Black
Genesis G90 Long Wheelbase Black taqdim etildi / Foto: Genesis

BMW 7-Series, Audi A8 va Mercedes-Benz S-Class modellari bilan raqobatlashishga mo‘ljallangan yangi Genesis G90 Long Wheelbase Black sedani Janubiy Koreyada rasmiy ravishda taqdim etildi. Mazkur premium modelning boshlang‘ich narxi $120 mingni tashkil etadi. Bu haqda Biz.chosun nashri ma’lum qildi.

Genesis G90 Long Wheelbase Black 3,5 litrli twin-turbo dvigatel va 48 voltli elektr tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, to‘liq g‘ildirakli haydovchiga ega. Avtomobil g‘ildirak bazasi 190 mmga uzaytirilgan, bu esa orqa o‘rindiq yo‘lovchilari uchun qo‘shimcha qulaylik yaratadi.

Yangi modelning eng diqqatga sazovor jihati – barcha elementlarning qora rangda bo‘lishi. Kuzov, radiator panjarasi, bamperning havo olish teshiklari, emblema, ichki tugmalar, rul hamda salondagi eshkak tugmachalarigacha to‘liq qora rangda bajarilgan. Salon eksklyuziv qora charm o‘rindiqlar bilan jihozlangan bo‘lib, massaj va shamollatish funksiyalariga ega.

2025 Genesis G90 Long Wheelbase Black modelida bosh ekranning yangilangan versiyasi va orqa yo‘lovchilar uchun modernizatsiya qilingan multimedia tizimi mavjud. Oldingi modellarga nisbatan ekran o‘lchami va diagonali oshirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet 2026-yilgi Equinox narxlari va modellari e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.