Jahon banki va O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yer degradatsiyasiga qarshi kurashadi

eʼlon qilindi
Iqlim o‘zgarishiga ham
Foto: Ekologiya vazirligi

Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov Jahon bankining global direktori Sameh Vahba bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, uchrashuvda irrigatsiya, landshaftlarni tiklash va havo ifloslanishini nazorat qilish sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar «Resiland» loyihasi doirasida Markaziy Osiyoda yer degradatsiyasi va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, O‘zbekistonning 2025-yilni «Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili» deb e’lon qilgani hamkorlarga taqdim etildi. Yil davomida Samarqand iqlim forumi, «Eco Expo» xalqaro ko‘rgazmasi va CITES COP20 konferensiyasi kabi yirik tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Jahon banki Toshkent shahrida havo sifatini baholash hamda havo monitoringini yaxshilash bo‘yicha hamkorlik qilishni taklif etdi. Uchrashuv yakunida ekoturizm, mahalliy hamjamiyatni qo‘llab-quvvatlash va landshaftlarni tiklash borasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda ov mavsumi yopilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek