Kanada Trampning savdo urushiga javoban AQSh tovarlariga bojlar joriy qildi
eʼlon qilindi
Bojlar dastlab $30 mlrdlik tovarlarga taʼsir qiladi

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo AQShning $155 mlrdlik tovarlariga 25 foizlik boj joriy etishini eʼlon qildi. Bu harakat Donald Trampning kanadalik ishlab chiqaruvchilarga qaratilgan savdo siyosatiga javoban amalga oshirildi.
Tryudoning soʻzlariga koʻra, bojlar dastlab $30 mlrdlik tovarlarga taʼsir qiladi va 21 kundan keyin cheklovlar qolgan $125 mlrdgacha uzaytiriladi. Bundan tashqari, Kanada Jahon Savdo Tashkilotiga AQShga qarshi daʼvo arizasi bilan murojaat qilmoqchi.
«AQSh oʻzining eng yaqin ittifoqchisi va sherigiga qarshi savdo urushini boshlab, Rossiya bilan yaqinlashishga intilmoqda», — dedi Tryudo.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Tramp Kanada va Meksikaga 25 foiz boj joriy qilgani haqida yozgan edi.