
Uzbekistan Airways 5-martga belgilangan Vnukovo – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha HY612 reysini bekor qildi. Bu xabar aviakompaniya Telegram kanalida e’lon qilindi.
Xabarda aytilishicha, parvoz texnik sabablarga koʻra bekor qilingan. Yoʻlovchilarni evakuatsiya qilish uchun aviakompaniya 5 va 6-mart kunlari parvozlarni amalga oshiradi.
«Kutish davrida yoʻlovchilar mehmonxonaga joylashtiriladi», – deyiladi xabarda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Uzbekistan Airways Toshkentdan Myunxenga boʻladigan parvozni bekor qilgani haqida yozgan edi.