Oval ofisdagi uchrashuv kutilganidek o‘tmadi – Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvni «achinarli» deb atadi va Ukrainaning tinchlik muzokaralariga tayyorligini ta’kidladi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Zelenskiy X platformasida Tramp bilan muloqotidan so‘ng: «Biz kelajakdagi hamkorlik va muloqotning konstruktiv bo‘lishini istaymiz. Ukraina tinchlikka sodiq», – deb yozdi.
Ukraina yetakchisi, shuningdek, Rossiya bilan urushni tugatish bo‘yicha dastlabki bosqich sifatida mahbuslarni ozod qilish, havo va dengiz hududlarida sulh tuzish taklifini ilgari surdi.
Tramp esa Ukraina harbiy yordamni davom ettirish uchun Zelenskiyning tinchlik muzokaralariga majburiyat olishini talab qildi. Bu qaror Ukrainaga katta ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Zelenskiy bilan keskin bahsdan so‘ng Ukrainaga harbiy yordamni to‘xtatgan edi.