O‘zbekiston bank tizimining daromadlari uch barobarga oshdi

Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil yanvar oyida O‘zbekiston tijorat banklarining sof daromadi 1,16 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 3 baravarga yoki qariyb 800 mlrd so‘mga oshgan.
Jami foiz daromadlari 9,9 trln so‘mga yetib, 2024-yilning yanvaridagi 8,6 trln so‘mga nisbatan 15% o‘sgan. Foiz xarajatlari esa 7 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan qariyb 15%ga oshgan. Sof foiz daromadi esa 3 trln so‘mni tashkil qilib, 2024-yilning shu davriga nisbatan 20%ga oshgan. O‘tgan yili bu ko‘rsatgich 2,5 trln so‘m edi.
Foizdan tashqari daromadlar 6,4 trln so‘mga yetib, o‘tgan yilga nisbatan 30%ga oshgan, foizdan tashqari xarajatlar esa 1,6 trln so‘mni tashkil etib, 7%ga oshgan.
Banklarning jami operatsion xarajatlar 1,8 trln so‘mga yetdi. Soliqlardan oldingi foyda 1,4 trillion so‘mni tashkil etib, 2024-yilning yanvar oyiga nisbatan 1,5 baravarga oshgan.
Rentabellik ko‘rsatkichlariga ko‘ra:
- Jami aktivlar bo‘yicha rentabellik (ROA) 2,2%ni tashkil etdi (o‘tgan yili 1,1% bo‘lgan).
- Kapital rentabelligi (ROE) esa 12,1%ni tashkil etdi (2024-yilda 4,9% bo‘lgan).
Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakat bank sektori 2024-yilda qanday natijalarni ko‘rsatgani haqida xabar bergan edi.