O‘zbekiston banklarida NLP hajmi bir oyda 2,6 trln so‘mga oshdi

eʼlon qilindi
Eng yuqori ko‘rsatkich O‘zmilliybankda
kalkulyator
Foto: perena / www.depositphotos.com

Markaziy bank 2025-yil yanvar oyi yakunlari bo‘yicha tijorat banklarining muammoli kreditlari (NPL) hajmini e’lon qildi.

1-fevral holatiga ko‘ra, muammoli kreditlar umumiy miqdori 23 trln 768 mlrd so‘mga yetgan. Bu ko‘rsatkich 1-yanvar bilan solishtirilganda 2,6 trln so‘mga ko‘paygan. Jami kreditlardagi NPL ulushi esa 4,5 foizga yetgan.

Muammoli kreditlarning asosiy qismi davlat ulushi mavjud banklarga to‘g‘ri kelmoqda. Ularning jami qarzi 16,8 trln so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, xususiy banklarda bu ko‘rsatkich 6,9 trln so‘mga yetgan.

Davlat banklari orasida qaytarilmayotgan kredit qarzdorligi eng yuqori bank «O‘zmilliybank» 3,7 trln so‘m bilan yetakchilik qilgan. Ammo bankning jami kreditlardagi NPL ulushi 3,5%. Shuningdek, «Biznesni rivojlantirish banki»da 2 trln so‘m(9,2 %), «Mikrokreditbank»da 1,2 trln so‘m(6,9%) va «Agrobank»da 2,9 trln so‘mga(4,8%) yetgan.

Xususiy banklarda kredit portfeli 167 trlnni tashkil etgan bo‘lsa, NPL miqdori 6,9 trlnga yetgan va bu kredit portfelidagi umumiy ulushning 4,2 fozini egallagan. Muammoli kreditlar ko‘rsatkichi Ipoteka bankida 3,5 trln so‘m kuzatilgan. Qolgan banklarda, jumladan, «Kapitalbank»da 1,4 trln so‘m(portfeldagi ulushi 10,1%), «Hamkorbank»da 326 mlrd so‘m(1,7%), «Ipak yo‘li bank»da 219 mlrd so‘m(1,6%) va «Trastbank»da 201 mlrd so‘mni(3,6%) tashkil etgan.

Boshqa banklarda kredit portfelida muammoli kreditlar ulushi yuqori banklar esa quyidagilar:

– «Madad invest bank» – 19,5%;

– «Garant bank» – 18,6%;

– «AVO bank» – 12,2%.

Ma’lumot uchun, muammoli kredit (NPL) deb to‘lov muddati 90 kundan oshgan va qaytarilmayotgan kreditlarga aytiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Ipoteka-bank» muammoli kreditlarning bir qismini hisobdan chiqarishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek