Yangiliklar

O‘zbekiston ochiqlik reytingida 138 pog‘onaga ko‘tarilib, Markaziy Osiyoda yetakchi bo‘ldi

Ilgari korrupsiya mavzusi jurnalistlar uchun mutlaqo yopiq edi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Jamiyatda korrupsiya muammosini jamoatchilik muhokamasiga olib chiqadigan ochiq tizim va muhit shakllanmoqda. Ayniqsa, ommaviy axborot vositalarining bu boradagi o‘rni va ta’siri ortib borayotgani Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi korrupsiyani oldini olish bo‘yicha yig‘ilishida qayd etildi.

Ilgari korrupsiya mavzusi jurnalistlar uchun mutlaqo yopiq bo‘lsa, bugungi kunda ochiqlik va shaffoflik tamoyillari yetakchi o‘ringa chiqdi.

Natijada O‘zbekiston ochiqlik bo‘yicha xalqaro reytingda 138 pog‘onaga ko‘tarilib, Markaziy Osiyoda birinchi, dunyo miqyosida esa 30-o‘ringa chiqdi.

«Takror va takror aytaman: biz ochiqlik siyosatini, so‘z erkinligi g‘oyalarini hayotga tatbiq etishda hamisha qat’iy bo‘lamiz!», – dedi davlat rahbari.