Gadjetlar

O‘zbekistonda Samsung’ning eng yangi modellari narxi qancha

A16 modeli eng arzon variant sifatida xaridorlarni jalb qilgan
s25 ultra
O‘zbekistonda Samsung’ning eng yangi modellari narxi qancha / Foto: Galaxy S25 ultra / Umarjon Husanov / tadbirkor

Samsungning so’nggi Galaxy S modellari 2025-yil 22-yanvarda kompaniyaning Galaxy Unpacked tadbirida e’lon qilindi. O’zbekistonda ham bu modellari sotuvlari boshlanib ketdi.

Kursiv Uzbekistan nashri tadbirkor Umarjon Husanov bilan suhbatlashib, O‘zbekiston bozorida Samsung smartfonlarining narxi haqida bilib oldi.

samsung s25 ultra
O‘zbekistonda Samsung’ning eng yangi modellari narxi qancha / Foto: Samsung Galaxy S25 Ultra / samsung

O‘zbekiston bozorida rasmiy dilerlar va mustaqil sotuvchilar orqali Samsung’ning yangi modellari turlicha narxlarda sotilmoqda. Narxlar sotuv nuqtalariga, kafolat xizmatining mavjudligiga va import sharoitlariga qarab biroz farq qilishi mumkin.

«Malika» savdo majmuasidagi narxlar

Umarjon Husanovning ta’kidlashicha, Samsung smartfonlarining O‘zbekistondagi narxlariga bir necha asosiy omillar ta’sir qiladi:

  1. Valyuta kursi – So‘nggi yillarda O‘zbekistonda AQSh dollarining almashuv kursi o‘zgarib turibdi. Ko‘pgina smartfonlar xorijdan import qilinayotgani sababli, ularning narxi dollarga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
  2. Bojxona va soliq tizimi – O‘zbekiston hukumati texnologik mahsulotlar importiga ma’lum bojxona yig‘imlari va soliqlar qo‘llaydi. Bu ham Samsung’ning yangi modellari narxiga ta’sir qiluvchi muhim omillardan biri.
  3. Yetkazib berish va logistika xarajatlari – Smartfonlarning narxiga ta’sir qiluvchi yana bir muhim omil ularning qanday yo‘llar bilan mamlakatga kirib kelishidir. Rasmiy dilerlar orqali olib kelinadigan telefonlar sifat kafolati bilan ta’minlansa ham, ularning narxi mustaqil sotuvchilarga qaraganda yuqoriroq bo‘ladi.
  4. Raqobat va talab – O‘zbekistonda Xiaomi, Apple va boshqa brendlar ham kuchli raqobat olib bormoqda. Samsung o‘z mahsulotlarining raqobatbardosh bo‘lishi uchun narx siyosatini doimiy ravishda moslashtirib boradi.
Foto: Samsung / Samsung A55

O‘zbekistonda Samsung’ning rasmiy vakillari mavjud bo‘lib, ularning do‘konlarida sifatli va kafolatlangan mahsulotlar sotiladi. Eng yirik rasmiy sotuv nuqtalariga quyidagilar kiradi:

Foto: Samsung / Samsung A16

Eng ko‘p talab qilinayotgan modellar

Umarjon Husanov bergan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston bozorida hamyonbop modellarga bo‘lgan talab kuchli. A16 modeli eng arzon variant sifatida xaridorlarni jalb qilsa, A55 esa nisbatan yuqori xususiyatlarga ega bo‘lishiga qaramay, juda ommabop. Flagman modellar ichida esa S25 Ultra 256 GB eng ko‘p sotilmoqda, ayniqsa, Grey rangi ko‘pchilikka yoqmoqda.

Kursiv Uzbekistan nashri mobil qurilmalarni chetdan qanday olib kirish va IMEI-kodni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnoma tayyorlagan edi. Agar UZIMEI tizimida olib kelingan telefonlarning bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa, telefon qiymatining 30% miqdoridagi bojxona to‘lovini to‘lash talab etiladi. Misol uchun, telefon $1000 qiymatga ega bo‘lsa, bojxona to‘lovi $300 ni tashkil etadi. Shundan so‘ng telefon ro‘yxatdan o‘tkaziladi, ammo ungacha undan foydalanib bo‘lmaydi. Bu ayniqsa, onlayn platformalar orqali xorijdan smartfonlarni xarid qiladigan fuqarolarga tegishli masaladir.