O‘zRTXB kuzatuv kengashi har bir aksiya uchun 382 so‘m dividend to‘lashni tavsiya etdi

eʼlon qilindi
Daromadlilik bozor bahosiga nisbatan 10,64 foizni tashkil etadi
Табличка УзРТСБ
Dividendlar to‘lash to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanishi kerak. Foto: O‘zRTXB

Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi (OʻzRTXB) kuzatuv kengashi har bir aksiya uchun 382 soʻm miqdorida dividend toʻlashni tavsiya etdi. Bu haqda Yagona korporativ axborot portalida ma’lum boʻldi.

Qaror aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlanishi lozim. Agar toʻlov miqdori oʻzgarmasa, OʻzRTXB qogʻozlarining dividend daromadliligi bozor narxiga nisbatan 10,64 foizni tashkil etadi.

Oʻtgan yilgi SPO (ikkilamchi ommaviy joylashtirish)ning oʻrtacha narxiga nisbatan daromadlilik 14,81 foizga yetadi.

2024-yil mart oyida birja har bir qogʻoz uchun 2,6 ming soʻm dividend toʻlagan edi. Biroq 2024-yil noyabr oyida kompaniyaning ustav kapitali oshirildi. Har bir investor mavjud har bir aksiyaga toʻrttadan qoʻshimcha aksiya oldi. Aksiyalar soni oshgani sababli joriy yilda har bir aksiya uchun to‘lanadigan dividend kamayadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2024-yil yakunlari boʻyicha OʻzRTXBda qancha oltin va kumush sotilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek