Prezident Favqulodda vaziyatlar vaziri nega ishdan olinganini ma’lum qildi

eʼlon qilindi
Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengash yig‘ilishida ma’lum qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Favqulodda vaziyatlar vaziri va uning oʻrinbosarlari qurilishga ruxsat berish, binoni topshirishda yongʻin xavfsizligi boʻyicha byurokratiya va qonun buzilish koʻpayib ketgani uchun ishdan olingan. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengash yigʻilishida ma’lum qildi.

Davlat rahbarining ma’lum qilishicha, korrupsiyani tag-tomiri bilan quritish uchun avvalo inson omili va qogʻozbozlikni kamaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

«Qurilish sohasi eng korrupsiyalashgan sohalardan biri edi. “Shaffof qurilish» dasturi joriy etilganidan keyin bu yoʻnalishda ham ijobiy oʻzgarishlar sezilmoqda”, – deydi davlat rahbari.

Ilgari investitsiya dasturiga kirgan obyektlarni quradigan pudratchilar mingtaga ham yetmasdi. Oʻtgan yili 13,5 mingta obyekt qurilishida 4 mingdan ziyod pudratchilar ishtirok etdi. Soha raqamlashgani hisobiga oʻtgan 4-yilda 3,6 trillion soʻm budjet mablagʻi tejaldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Aziz Toshpoʻlatov Ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek