Mirziyoyev ShHT bosh kotibi bilan xavfsizlikni muhokama qildi

eʼlon qilindi
«Yangi iqtisodiy muloqot»ni rivojlantirish konsepsiyasi ham ko‘rib chiqildi
Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Nurlan Yermekbayev bilan uchrashdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, tomonlar ShHT doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Xavfsizlik va barqarorlikka tahdid soluvchi xatarlar oldini olish, qo‘shnichilik va sheriklikni mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.

Foto: President.uz

ShHTni modernizatsiya qilish jarayonini davom ettirish, tashkilot tuzilmalari samaradorligini oshirish, shuningdek, «Yangi iqtisodiy muloqot» konsepsiyasini ilgari surish masalalariga e’tibor qaratildi. Savdo, elektron tijorat, investitsiyalar, logistika va oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha tashabbuslarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Shuningdek, Xitoyning Tyanszin shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitiga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatidan noroziligini bildirgan edi.

Shuningdek