
Realme kompaniyasi «MWC – 2025» ko‘rgazmasida yangi konsept-smartfon – Realme Ultra’ni namoyish etdi. Bu haqda Android Headlines sahifasida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, ushbu qurilmaning asosiy o‘ziga xosligi almashtiriladigan obyektivlarga ega bo‘lishidir. Bu mobil fotografiya imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.

Smartfon ikkita dyuymli Sony IMX989 tasvir datchigi bilan jihozlangan bo‘lib, biri asosiy kamera, ikkinchisi esa periskop moduli uchun ishlatiladi. Shuningdek, ultra keng burchakli tasvir olish uchun Sony IMX890 datchigi ham mavjud. Ushbu texnologiyalar jamlanmasi Hyperimage+ tizimi deb ataladi.

Komplektda 3x optik zumga ega portret obyektivi va 10x – 60x zum imkoniyatiga ega teleobyektiv mavjud. Biroq qo‘lda suratga olishda real maksimal natija 30x zum bilan cheklanadi.

Hozircha Realme Ultra ommabop Sony, Nikon yoki Canon obyektivlarini qo‘llab-quvvatlamaydi. Biroq bu hali konsept-versiya bo‘lgani uchun kelajakda yanada takomillashgan modellar taqdim etilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Realme 14 Pro Lite taqdim etilgan edi.