Uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti ikki foizga kamaytirildi

eʼlon qilindi
Bu haqda O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi xabar berdi
Foto: Facebook.com

Birlamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan ipoteka kreditlari foiz stavkalari tushirildi. Bu haqda O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi xabar berdi.

Kreditni 20 yil muddatda Markaziy bankning asosiy stavkasiga (13,5) qo‘shimcha ravishda 6 foiz(2024-yilda 8 foizni tashkil qilgan) bilan olish mumkin. Toshkent shahrida limit 800 mln so‘mgacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda esa 500 mln so‘mgacha beriladi.

Ma’lumot uchun, 3-martdan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyaga arizalar qabuli boshlandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ipoteka krediti uchun subsidiyaga arizani qanday topshirish mumkinligi haqida qo‘llanma yozgandi.

Shuningdek