YouTube noqonuniy qimor kontentlariga cheklovni kuchaytirdi
eʼlon qilindi
19-martdan boshlab

YouTube noqonuniy qimor saytlariga havola beruvchi videolarga qarshi yangi choralar ko‘rmoqda. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, platforma foydalanuvchilarni ruxsat etilmagan qimor saytlarga yo‘naltiruvchi havolalar, matnlar yoki logotiplarni o‘z ichiga olgan kontentni taqiqladi.
Bundan tashqari, 18 yoshdan kichik foydalanuvchilar va tizimga kirmaganlar onlayn qimor reklama qiluvchi videolarni ko‘ra olmaydi. Yangi qoidalar 19-martdan kuchga kiradi.
YouTube noqonuniy qimor faoliyatining oldini olish va xavfsiz muhit yaratish maqsadida ushbu choralarga qo‘l urgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq YouTube videolarga avtomatik dublyaj funksiyasini qo‘shgan edi.