Yangiliklar

Afg‘onistonda O‘zbekiston savdo uyi ochilmoqda

Farmatsevtika, elektrotexnika va qurilish materiallari uchun
Foto: tonellophotography/Depositphotos

Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida O‘zbekiston savdo uyi ochilmoqda. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ushbu savdo uyi 220 kv.m maydonda joylashgan bo‘lib, tadbirkorlarimizga mahsulotlarini Afg‘oniston bozoriga chiqarish, hamkorlar topish va eksportni kengaytirish uchun qulay platforma yaratadi.

Unda farmatsevtika, elektrotexnika va qurilish materiallari uchun doimiy faoliyat yurituvchi shourum va omborxona mavjud.

O‘z mahsulotlarini joylashtirish va savdo uyi imkoniyatlaridan foydalanishni istagan tadbirkorlar +998 99 1000606 telefon raqami orqali bog‘lanishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Afg‘oniston savdo hajmini $3 milliardga yetkazishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edik.