Gadjetlar

Apple M4 chipli MacBook Air’ni taqdim etdi

13 dyuymli model $1,1 ming, 15 dyuymligi esa $1,3 mingni tashkil qilmoqda
Foto: Apple

Apple yangi M4 chipiga ega MacBook Air noutbugini namoyish qildi. U 10 yadroli protsessor, 18 soatgacha quvvat zaxirasi va Apple Intelligence sun’iy intellekt texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Foto: Apple

MacBook Air yangi 12 MP kamera, Center Stage funksiyasi va osmon kabi moviy rang variantiga ega bo‘ldi. Noutbuk 30 daqiqada 50% gacha quvvatlanadi va M1 chipli modeldan ikki baravar tezroq ishlaydi.

Foto: Apple

Savdolar 12-martdan boshlanadi. 13 dyuymli model – 1100$, 15 dyuymli – 1300$.

Foto: Apple

Eslatib o‘tamiz, sal avvalroq Apple yangi iPad Air’ni taqdim etgan edi.