AQSh va Meksika oʻrtasidagi devor qurilishi 2029-yilgacha yakunlanadi
eʼlon qilindi
Uni qurishda AI texnologiyalaridan foydalaniladi

AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh – Meksika chegarasida qurilish ishlarini 2029-yilgacha yakunlash niyatida. Bu haqda AQSh vitse-prezidenti Jey Vens ma’lum qildi.
Vensning qoʻshimcha qilishicha, devor qurilishida sun’iy intellekt (AI) texnologiyalaridan foydalanish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, sun’iy intellekt yordamida ishlaydigan kuzatuv kameralari oʻrnatiladi.
Joriy yilning yanvar oyidan AQSh – Meksika chegarasida favqulodda holat joriy qilingan. Tramp, shuningdek, mintaqaga qoʻshin kiritishni buyurgan edi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri AQShdan Oʻzbekistonga yana 10 nafar fuqaro qaytayotgani haqida yozgan edi.