Yangiliklar

AQSh va Meksika oʻrtasidagi devor qurilishi 2029-yilgacha yakunlanadi

Uni qurishda AI texnologiyalaridan foydalaniladi
AQSh va Meksika oʻrtasidagi devor qurilishi 2029-yilgacha yakunlanadi/ Foto: Unsplash

AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh – Meksika chegarasida qurilish ishlarini 2029-yilgacha yakunlash niyatida. Bu haqda AQSh vitse-prezidenti Jey Vens malum qildi.

Vensning qoʻshimcha qilishicha, devor qurilishida sun’iy intellekt (AI) texnologiyalaridan foydalanish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, sun’iy intellekt yordamida ishlaydigan kuzatuv kameralari oʻrnatiladi.

Joriy yilning yanvar oyidan AQSh – Meksika chegarasida favqulodda holat joriy qilingan. Tramp, shuningdek, mintaqaga qoʻshin kiritishni buyurgan edi.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri AQShdan Oʻzbekistonga yana 10 nafar fuqaro qaytayotgani haqida yozgan edi.