
6-martdan metan «zapravkalar» faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, mart oyining dastlabki kunlarida havo haroratining keskin pasayishi tabiiy gaz iste’molining ortishiga va gaz quvurlarida bosimning kamayishiga olib keladi. Shu sababli aholi hamda ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz gaz bilan ta’minlash maqsadida avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari(metan zapravkalar) faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Tezkor choralar natijasida quvurlarda gaz bosimi me’yoriy holatga keltirilgani tufayli bugun soat 09:00 dan boshlab metan «zapravkalar» faoliyati bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samarqandda «zapravka» 553 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangani haqida yozgandi.