
General Motors kompaniyasi Xitoyda Cadillac Lyriq-V 2026 modelini rasman namoyish qildi. Bu V-seriyadagi ilk elektromobil bo‘lib, Cadillac tarixidagi eng tezkor va eng kuchli model bo‘lishi kutilmoqda.
Lyriq-V’ning asosiy xususiyatlari:
- Quvvati: 615 ot kuchi;
- Moment: 880 Nm;
- Tezlanish: 0 dan 100 km/soatga 3,3 soniyada erishadi;
- Raqobatchilar: Tesla Model X Plaid, BMW iX M60.
Model Shanxaydagi SAIC-GM zavodida ishlab chiqariladi, bu yerda allaqachon Lyriq’ning standart versiyalari konveyerdan chiqmoqda. Lyriq-V Cadillac’ning birinchi global V-seriyali modeli bo‘lib, Xitoy bozoridan keyin boshqa mamlakatlarga ham chiqarilishi kutilmoqda.
Lyriq-V sport aerodinamik kuzov to‘plami, 22 dyuymli g‘ildiraklar, qayta sozlangan suspenziya va yangilangan Ultium akkumulyatori bilan jihozlangan. Salonda yuqori sifatli materiallar, eksklyuziv bezak elementlari va AKG audiotizimi o‘rnatilgan.
Cadillac Lyriq-V 2026’ning Xitoy bozorida sotuvi 2025-yilda boshlanadi. Keyinchalik model boshqa global bozorlarga ham chiqarilishi mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Cadillac eng arzon elektr krossoveri Optiq’ni yetkazib berishni boshlagani haqida xabar bergan edi.