
Italiya hukumati Ilon Maskning Starlink kompaniyasi bilan $1,6 mlrd qiymatidagi shartnomani bekor qilish ehtimolini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Bu qaror AQShning Yevropa xavfsizligiga doir majburiyatlaridan chekinishi fonida qabul qilinishi mumkin. Hukumat manbalariga ko‘ra, Starlink o‘rniga Fransiyaning Eutelsat Communications SA kompaniyasi muqobil variant sifatida ko‘rib chiqilmoqda.
Italiya bosh vaziri Jorjiya Meloni hukumat yig‘ilishida o‘zgaruvchan geosiyosiy vaziyat sababli SpaceX muqobilini izlash zarurligini ta’kidlagan.
Bu orada Eutelsat aksiyalari so‘nggi kunlarda rekord darajada ko‘tarildi, chunki Yevropa Ittifoqi davlatlari mudofaa xarajatlarini oshirishga va’da bermoqda.
Shu bilan birga, Starlink Ukrainadagi harbiy harakatlar uchun muhim rol o‘ynayotgan bo‘lsa-da, AQShning Ukrainaga harbiy yordamni to‘xtatish va maxfiy ma’lumotlar almashinuvida cheklovlar kiritish qarori Yevropa va AQSh o‘rtasidagi aloqalarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ilon Mask va uning kompaniyalari AQShdan $38 mlrd olgani aytilmoqda.