Janubiy Koreyada harbiy samolyot aholi yashaydigan hududga tasodifan bomba tashladi

eʼlon qilindi
Yetti kishi og‘ir jarohat olgan
Foto: Yonhap

Janubiy Koreyada harbiy mashg‘ulotlar vaqtida yuz bergan xatolik oqibatida yetti kishi jarohat oldi. Bu voqea 6-mart kuni ertalab soat 10:00 atrofida Seul shahridan 40 km shimolda joylashgan Pocheon shahrida yuz bergan. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.

Voqeaga ko‘ra, KF16 qiruvchi samolyoti mashg‘ulot davomida tasodifan sakkizta bombani turarjoy hududiga tashlagan. Yetti kishi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Qishloqdagi cherkov va boshqa oltita bino vayron bo‘lgan.

Janubiy Koreya harbiy-havo kuchlari fuqarolarga yetkazilgan zarar uchun uzr so‘rab, hodisa sabablari bo‘yicha tergov olib borilayotganini ma’lum qilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yaponiyadagi Toyota ehtiyot qismlari zavodida portlash sodir boʻlgani haqida yozgandi.

Shuningdek