Maishiy chiqindilar bo‘yicha cheklovlar joriy etilmadi – Toshkent shahar hokimligi

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda «Bir xonadonga uch qopdan chiqindi limiti qo‘yilibdi» mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda. Toshkent shahar hokimligi bu ma’lumotlar mutlaqo noto‘g‘ri ekanini xabar qildi.
Shahar bo‘ylab maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib ketish bo‘yicha hech qanday cheklovlar joriy etilmagan. Aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun ushbu xizmatlar odatdagidek davom etmoqda.
Agarda iste’molchilarda chiqindilarni olib chiqish xizmati bo‘yicha savol yoki fikr-mulohazalar bo‘lsa, 71-247-01-11 va 71-247-79-21 raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.
Shuningdek, @maxsustrans_support Telegram guruhida dispetcherlarga murojaatlar yo‘llasa bo‘ladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan ikkita viloyatda chiqindi yigʻimi narxlari oshgani haqida yozgandi.