Markaziy bankning mobil ilovasi ishlab chiqilmoqda – video

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Foydalanish bepul bo‘ladi
mobil ilova
Markaziy bankning mobil ilovasi ishlab chiqilmoqda / Foto: pexe;s.com

Markaziy bankning Axborotlashtirish bosh markazi DUK o‘z mobil ilovasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda korxona rahbari Dilshod Sarihodjayev OAV vakillari bilan bo‘lib o‘tgan media muloqot paytida ma’lum qildi.

Mobil ilovani yuklab olib, identifikatsiyadan o‘tgach, har kim o‘zining bank ma’lumotlarini ko‘ra oladi. Qaysi bankda qancha plastik karta ochtirgan hamda qaysi bankda qancha hisoblari borligini ilova orqali bilib olishi mumkin.

«Ilova 2-3 oyda aholiga taqdim qilinadi va hamma bepul foydalana oladi», – deb qo‘shimcha qildi Dilshod Sarihodjayev.

Hozirda ushbu tizim banklarda mavjud bo‘lib, bank xodimi mijozning ism-familiyasini tekshirib, unda nechta bank kartasi ochilgani va boshqa ma’lumotlarni ko‘ra oladi.

«Agar Soliq va boshqa tashkilotlar bilan kelisha olsak, qo‘shimcha ma’lumotlarni ham ilovada ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi», – dedi tashkilot rahbari.

Axborotlashtirish bosh markazi DUK rahbari Dilshod Sarihodjayev kartalar limitiga ham alohida to‘xtalib o‘tdi:

«Aholi plastik muddati tugaganidan so‘ng tashlab yuboradi. Biroq uni rasman ro‘yxatdan chiqarmaydi. Shu bois qaysidir bankka plastik kartochka ochtirish uchun murojaat qilganda bu muammo tug‘dirishi tabiiy. Shuning uchun ilovaga biz hisoblar yoki kartalarni yopish uchun ariza qoldirish imkoniyatini ham qo‘shmoqchimiz».

Avvalroq Kursiv Uzbekistan limitdan tashqari ochilgan plastik kartalarning taqdiri nima bo‘lishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek