
7-martdan boshlab AQSh dollarining rasmiy kursi 17,99 so‘mga oshib, 12 918,36 so‘mni tashkil etadi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar bermoqda.
Mamlakatda tijorat banklari bir AQSh dollarini 12910 – 12960 so‘mdan sotayotgan bo‘lsa, 12840 – 12890 so‘m oralig‘ida sotib olmoqda.
Shu bilan birga, yevro 132,95 so‘mga oshib, 13951,83 so‘mga yetdi. Rossiya rubli esa 0,85 so‘mga yuqorilab, 144,65 so‘mga teng bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan 2025-yil boshida so‘mning dollarga nisbatan 13 000 so‘mli psixologik chegaradan o‘tishi ehtimoli haqida o‘zining tahliliy maqolasida yozgan edi.