O‘zbekistonda maxsus iqtisodiy zonalarini rivojlantirish orqali 29 ming doimiy ish o‘rni yaratiladi

eʼlon qilindi
Prezident farmoniga muvofiq
Foto: Toshkent viloyati statistika boshqarmasi

2025-yilda maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarining samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Yil davomida maxsus iqtisodiy zonalarda $2,3 mlrd investitsiya jalb qilinib, $1 mlrdlik eksport amalga oshiriladi. Sanoat zonalarida esa $800 mln investitsiya o‘zlashtirilib, eksport hajmi $512,2 mlnga yetkaziladi. Umumiy hisobda 29 ming doimiy ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, yangi tashkil etiladigan zonalar faqat maxsus iqtisodiy yoki sanoat zonasi shaklida bo‘ladi. Eksportga yo‘naltirilgan loyihalar uchun maxsus eksport zonalari tashkil etish imkoniyati yaratiladi.

Muhim yangiliklardan biri – maxsus iqtisodiy zonalarning amal qilish muddati bo‘yicha cheklovlar bekor qilinadi. Bu esa uzoq muddatli sarmoyalarni jalb etish imkoniyatini yanada kengaytiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida migratsiya bo‘yicha hamkorlik kelishuvi tasdiqlangan edi.

Shuningdek