Yangiliklar

Qazaq Air Samarqand – Turkiston yo‘nalishidagi muntazam reyslarni tikladi

Bu haqda kompaniya Kursiv Uzbekistan'ga ma’lum qildi
qazaq air
Qazaq Air Samarqand – Turkiston yo‘nalishidagi muntazam reyslarni tikladi / Foto: Qazaq Air

2025-yil 1-maydan boshlab Air Marakanda Qozog‘istonning Qazaq Air aviakompaniyasi bilan hamkorlikda Samarqand – Turkiston – Samarqand yo‘nalishida muntazam parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda kompaniya Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.

Reyslar haftasiga ikki marta amalga oshiriladi:

🔹 Payshanba kunlari:

  • Turkistondan jo‘nash: 19:10 – Samarqandga yetib kelish: 20:00
  • Samarqanddan jo‘nash: 21:00 – Turkistonga yetib kelish: 21:50

🔹 Yakshanba kunlari:

  • Turkistondan jo‘nash: 10:10 – Samarqandga yetib kelish: 11:00
  • Samarqanddan jo‘nash: 12:00 – Turkistonga yetib kelish: 13:00

Har bir aeroport uchun vaqt mahalliy soat bo‘yicha ko‘rsatilgan.

Shuningdek, ushbu yo‘nalish Ostona shahriga tashrif buyuruvchilar uchun qulay tranzit reyslarni ham ta’minlaydi:

Payshanba kuni:

  • Samarqanddan jo‘nash: 21:00 – Ostonaga yetib kelish: 01:30 (Turkistonda ulanish 50 daqiqa)

Yakshanba kuni:

  • Ostonadan jo‘nash: 07:25 – Samarqandga yetib kelish: 11:00 (Turkistonda ulanish 40 daqiqa)

Chiptalarni Qazaq Air aviakompaniyasining rasmiy veb-sayti yoki Samarqand xalqaro aeroportidagi 24 soatlik chiptalar kassasidan xarid qilish mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qazaq air 1-maydan Ostonadan Samarqandga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar bergan edi.