Rossiyada yoʻl-transport hodisasi tufayli uch nafar Oʻzbekiston fuqarosi vafot etdi

eʼlon qilindi
Holat Perm o‘lkasi Osa tumanida yuz bergan
Rossiyada yoʻl-transport hodisasi tufayli 3 nafar Oʻzbekiston fuqarosi vafot etdi/ Foto: Pexels.com

Joriy yilning 22-fevral kuni Perm oʻlkasining Osa tumanida davlat raqami 75 B 435 NA «Lada largus» rusumli avtomashina va «Simaz» avtobusi ishtirokidagi yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan. Bu haqda Qozondagi bosh konsulxona xabar bermoqda.

Sodir boʻlgan transport hodisasi oqibatida ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi voqea joyida va bir nafari ogʻir jarohatlar sababli shifoxonada vafot etgan. Hodisada jarohat olgan yana uch nafar Oʻzbekiston fuqarolari Perm oʻlkasining Osa markaziy shifoxonasiga joylashtirilgan.

Oʻzbekistonning Qozondagi bosh konsulxonasi vafot etgan fuqarolarning jasadlarini Vatanga tezkor qaytarish ishlari yakunlanganini va jabrlanganlarga tibbiy muolaja koʻrsatilayotganini ma’lum qilgan.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Samarqandda YTH oqibatida Nexia haydovchisi vafot etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek