Sirdaryoda 1,9 mlrd soʻmlik tabiiy gaz talon-toroj qilindi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, zarar qayta hisob-kitob qilindi
Foto: Energetika vazirligi

Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanidagi «Yangihayot» MFYda joylashgan «A. P.» MCHJda gaz hisoblash uskunasining ruxsat etilgan maksimal oʻlchash chegarasidan chetga chiqqan holda ikki dona nostandart yondirgichdan foydalangan. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, holat boʻyicha qayta hisob-kitob amalga oshirildi va 1,55 mlrd soʻmlik zarar hisoblandi.

Shuningdek, Guliston shahar «Bahor» MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro xonadonida hisoblagichdan tashqari gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, «zangori yoqilgʻi»dan noqonuniy foydalanib kelayotgani ma’lum boʻldi.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, salkam 390 mln soʻmlik zarar qayta hisob-kitob qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq tabiiy gaz uchun bazaviy me’yor aprelgacha uzaytirilgan edi.

Shuningdek