Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan samolyot Moskvada teletrap bilan to‘qnashdi

eʼlon qilindi
Holat bo‘yicha tezkor tekshiruv olib borilmoqda
Foto: Kursiv Uzbekistan

Moskva mintaqalararo transport prokuraturasi OAVda tarqalgan Vnukovo aeroportida teletrapning samolyot bilan to‘qnashuvi haqidagi ma’lumotlar bo‘yicha tekshiruv e’lon qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa kecha ertalab sodir bo‘lgan. Moskva-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab parvoz qilishni rejalashtirgan samolyotning chap dvigateli teletrap bilan to‘qnashuv natijasida shikastlangan. Sputnik xabariga ko‘ra, samolyot Uzbekistan Airways’ga tegishli.

Hozirda samolyot Vnukovo aeroportida bo‘lib, uning texnik holati baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreyadagi aviahalokat yuzasidan Jeju Air tergovga tortildi.

Shuningdek