Yangiliklar

Volkswagen ID. Every1 hamyonbop elektromobilini taqdim etdi

Narxi 20 ming yevro atrofida
Foto: Volkswagen

Volkswagen o‘zining eng arzon elektromobili bo‘lmish ID. Every1 xetchbekini taqdim etdi. Bu haqda Motor1 nashri ma’lum qildi.

Foto: Volkswagen

Uning taxminiy narxi 20 ming yevro bo‘lib, bu elektromobillar bozorida uni ommaviy modelga aylantirishi kutilmoqda.

Foto: Volkswagen

ID. Every1 tashqi ko‘rinishi jihatidan birinchi avlod Golf’ni eslatadi. Uning uzunligi 3880 mm, eni 1816 mm, balandligi esa 1490 mm.

Foto: Volkswagen

Avtomobil 94 ot kuchiga ega elektromotor bilan jihozlangan bo‘lib, maksimal tezligi 130 km/soat. Bir marta quvvatlanish orqali 250 km masofani bosib o‘tishi mumkin.

Volkswagen ID. Every1 MEB platformasida, 2027-yilda seriyali ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xiaomi SU7 Ultra narxi 35% arzonlashgani haqida yozgan edik.