
Soliq qo‘mitasi elektron tijorat sohasida faoliyat yuritayotgan subyektlarning qonunchilikka muvofiqligi bo‘yicha tekshiruvlari natijasida Wildberries marketpleysi talablarga to‘liq mos kelmasligini aniqlagan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.
Unga ko‘ra, Wildberries («RVB» MChJ, Rossiya Federatsiyasi rezidenti) marketpleysi O‘zbekistonda «WB INT EXPORT» MChJ yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan holda faoliyat olib bormoqda.
O‘tkazilgan soliq auditidan so‘ng, kompaniya 2022 – 2024-yillar uchun jami 51,2 mlrd so‘m (shundan 42,8 mlrd so‘m QQS) soliq to‘lovlari budjetga qo‘shimcha to‘lab berdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan xalqaro marketpleyslar O‘zbekistonda 160 mlrd so‘m soliq to‘lagani haqida yozgandi.