Xiaomi 15 Ultra O‘zbekistonga yetib keldimi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Xiaomi Uzbekistan yaqin orada ushbu modelni taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Xiaomi 15 ultra
Xiaomi 15 ultra O‘zbekistonga yetib keldimi / Foto: Credit: Basil Kronfli

2-mart kuni Xiaomi o‘zining eng so‘nggi flagman smartfonini taqdim etgan edi. Xiaomi 15 va 15 Ultra Xitoy texnologiya kompaniyasining eng yangi smartfonlari bo‘lib, ular eng so‘nggi chiplar va kuchaytirilgan kameralarga ega. Kursiv Uzbekistan Xiaomi 15 ultra modeli O‘zbekistonga yetib keldimi yoki yo‘qligi haqida surushtiruv o‘tkazdi.

Afsuski, bu model hali O‘zbekiston hududiga yetib kelmagan. Xiaomi Uzbekistan ham yaqin orada ushbu modelni taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqidagi ma’lumotni kompaniya o‘zining Telegramdagi rasmiy sahifasi izohida qoldirgan.

Kursiv Uzbekistan muxbiri Malika savdo majmuasidan ham Xiaomi 15 ultra modeli haqida tadbirkorlarga aloqaga chiqdi. Ular ham bu smartfonni hali sotuvga yetib kelmaganini tasdiqlashdi.

Ammo Olx saytida ushbu modellarga oldindan to‘lovlarsiz buyurtmalar e’lon qilingan.

«Xiaomi 15 Ultra smartfonlarini turli konfiguratsiyada sotib olish mumkin. Xaridorlar naqd pul yoki 3, 6 va 9 oylik bo‘lib to‘lash shartlari asosida smartfonlarga ega bo‘lishlari mumkin. Muddatli to‘lov uchun oldindan to‘lov talab qilinmaydi va buyurtmalar 10 – 15 kun ichida yetkazib beriladi», – deyiladi olx saytiga joylashtirilgan e’londa.

Bu e’lonni ISavdo onlayn texnika do‘koni qoldirgan.

Kursiv Uzbekistan bu e’lonning ishonchli ekanini kafolatlamaydi.

Xiaomi 15 Ultra narxlari va to‘lov shartlari

Foto: Xiaomi 15 ultra bo’yicha taklif / Olx

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung’ning O‘zbekistondagi eng yangi modellari narxi haqida material tayyorlagan edi.

Shuningdek