Xorijiy davlatlarning yangi tayinlangan elchilari ishonch yorliqlarini topshirdi

eʼlon qilindi
Toshkent «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» va «Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab mamlakatlari» sammitlariga mezbonlik qiladi
Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev Misr, Italiya, Qirg‘iziston, Belarus, Gruziya va Turkiya elchilarini qabul qilib, ularning diplomatik faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, prezident xalqaro maydonda do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash muhimligini ta’kidladi. O‘zbekiston joriy yilda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari uchrashuviga raislik qiladi hamda Toshkentda «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» va «Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab mamlakatlari» sammitlarini o‘tkazadi.

Tashqi investitsiyalar hajmi $35 mlrdga yetgani, iqtisodiy hamkorlik yildan-yilga rivojlanib borayotgani qayd etildi. O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi yo‘lidagi sa’y-harakatlari ham xorijiy davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Marosim yakunida elchilar O‘zbekiston bilan aloqalarni mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev ShHT bosh kotibi bilan xavfsizlikni muhokama qilgan edi.

Shuningdek