Yaponiyadagi Toyota ehtiyot qismlari zavodida portlash sodir boʻldi

6-mart 2025 09:34 eʼlon qilindi

Dar’ya Barakina

Dar’ya Barakina

Muharrir d.barakina@kursiv.media
Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
REUTERS/Toru Hanai

Yaponiyadagi Chuo Spring Toyota avtomobillari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi zavodida portlash yuz berdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga koʻra, hodisaga chang yigʻish bilan bogʻliq muammolar sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Voqea joyida bir kishi halok boʻlgan. Ikki kishining jarohat olgani aytilmoqda.

Agentlikning qayd etishicha, xuddi shu zavodda ikki yil avval ham shunday hodisa yuz bergan. Chuo Spring ma’muriyati hozirda ma’lumotga aniqlik kiritmoqda. Ammo batafsil izoh berganicha yoʻq.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toyota yangi C-HR modelini taqdim etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek