YouTube ommabop premium obunasini joriy etdi

YouTube AQShda musiqadan tashqari boshqa videolardan reklamalarni olib tashlaydigan yangi oylik 8 dollarlik obunani ishga tushirdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.
Premium Lite tarifi kamdan-kam musiqa tinglaydigan mijozlar uchun moʻljallangan. Ya’ni bu obuna tizimi musiqadan boshqa videolarda reklamani oʻchiradi. Shuningdek, barcha videolardan reklamalarni olib tashlaydigan 14 dollarlik YouTube Premium obunasi va musiqiy videolarni reklamasiz tomosha qilishni istaganlar uchun 11 dollarlik obunalar ham mavjud.
«Biz musiqiy kontentni xohlamaydigan foydalanuvchilarimiz uchun bu oʻzgarishlarni amalga oshirdik», – deydi YouTube Premium mahsulot direktori Jek Greenberg.
YouTube chorshanba kuni pullik obunachilar soni 2024-yil yanvaridagi 100 milliondan 125 milliondan oshganini e’lon qildi.
Reklama YouTube daromadining asosiy qismini tashkil etadi – oʻtgan yili $36 mlrd edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Italiya Starlink bilan kelishuvdan voz kechishi mumkinligi haqida yozgan edi.