Yangiliklar

7- mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Navoiy va Jizzax viloyatlarida kuchli shamol kuzatilishi mumkin
Foto: Pexels.com

7-mart kuni O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor ko‘rinishida yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet».

Unga ko‘ra, ayrim joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, Navoiy va Jizzax viloyatlarida esa 25-30 m/s gacha yetishi mumkin.

Harorat Toshkent shahrida kechasi 3-5°, kunduzi 9-11° iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda kechasi 0-5°, kunduzi 5-10° iliq, Ustyurtda kechasi 2° sovuqqacha pasayishi mumkin.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi 3-8°, kunduzi 7-12° iliq, Navoiy shimolida harorat biroz past bo‘ladi.

Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida kechasi 3-8°, kunduzi 7-12° iliq.

Qashqadaryo va Surxondaryoda kechasi 5-10°, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘onada kechasi 2-7°, kunduzi 7-12° iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Tog‘li hududlarda esa kechasi va kunduzi 3° sovuq – 2° iliq bo‘lib, qor ko‘chishi xavfi mavjud.