
Xitoyning texnologik giganti Alibaba sun’iy intellektga asoslangan yangi mantiqiy tahlil modeli QwQ-32B ni taqdim etdi. Bu haqda Alibaba Cloud sahifasida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, kompaniya ushbu model OpenAI va DeepSeek raqobatchilaridan ustun ekanini ta’kidladi.
Bu xabar Alibaba aksiyalarining 8% ga oshishiga sabab bo‘ldi va Xitoy texnologiya bozori faolligini yanada kuchaytirdi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, yangi model matematika, dasturlash va umumiy tahlil qobiliyatlarida sezilarli yutuqlarga erishgan.
Alibaba sun’iy intellekt va bulutli texnologiyalar sohasida raqobatni kuchaytirish maqsadida kelgusi uch yil ichida $52,4 mlrd investitsiya kiritishini e’lon qildi. Shu bilan birga, Xitoy hukumati sun’iy intellekt va ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask ham Grok 3 chatbotini ommaga taqdim etgan edi.