Apple mashhur noutbuklarni sotishni toʻxtatdi

eʼlon qilindi
Apple M4 va M3 Ultra modellari bundan mustasno
Apple mashhur noutbuklarni sotishni toʻxtatdi/ Foto: Apple

Apple korporatsiyasi bir nechta mashhur kompyuter modellarini sotuvdan olib tashladi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy saytida ma’lum qilindi.

5-mart kuni MacBook Air va Mac Studio kompyuterlari e’lon qilinganidan soʻng bir nechta model Apple onlayn-doʻkonidan olib tashlandi.

M4 protsessorli Air modellari savdodan olib tashlangan boʻlsa, M4 Max va M3 Ultra modellari rasmiy Mac Studio chakana savdosida haligacha mavjud.

Apple veb-saytida M4 va M3 Ultradan boshqa protsessorli kompyuterlar sotuvga qoʻyilmagan. Hozirgi kunda eng arzon Apple kompyuteri MacBook Air Ultra boʻlib qolmoqda. Uning narxi $999 ni tashkil etadi.

Eslatib oʻtamiz, Apple M4 chipli MacBook Airʼni taqdim etgani haqida yozgan edik.

Shuningdek