AQSh Arab ligasining G‘azo sektoriga oid takliflarini rad etdi

eʼlon qilindi
G‘azo sektoridagi vaziyatni normallashtirish bo‘yicha
Foto: Koha.net

Arab davlatlari tomonidan Misr orqali ilgari surilgan kelishuv AQSh kutgan natijalarga mos kelmaydi, deya bayonot berdi AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Temmi Bryus.

Unga ko‘ra, Vashington Arab davlatlari ligasi (ADL) tomonidan G‘azo sektoridagi vaziyatni normallashtirish bo‘yicha taqdim etilgan takliflarni yetarlicha samarali emas deb hisobladi va rad qildi. Bryus jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan brifingda:

«Misr orqali ilgari surilgan arab kelishuvi bizning kutgan natijalarimizga javob bermaydi», – deb ta’kidladi.

4-mart kuni bo‘lib o‘tgan Falastin bo‘yicha favqulodda sammitda ishtirokchilar Misr tomonidan tayyorlangan G‘azo sektorini qayta tiklash rejasini va yakuniy deklaratsiyani bir ovozdan qo‘llab-quvvatladilar. Ushbu hujjatda BMT Xavfsizlik Kengashidan G‘azo va Iordan daryosining G‘arbiy sohiliga tinchlikparvar kuchlarni joylashtirish so‘ralgan.

Bundan tashqari, ADL davlatlari falastinliklarning o‘z davlatlarini qurish huquqini yana bir bor tasdiqladi. G‘azo sektorini boshqarish uchun vaqtinchalik qo‘mita Falastin milliy ma’muriyati rahbarligi ostida ishlaydi.

Shuningdek, Arab davlatlari ligasi a’zolari AQSh prezidenti Donald Tramp administratsiyasi va boshqa xalqaro hamkorlar bilan Falastin – Isroil mojarosini kompleks hal qilish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hamas G‘azodagi hokimiyatdan voz kechishga tayyorligi haqida yozgan edik.

Shuningdek