Bankomatlarda pulni naqd qilish uchun foizlar yo‘qoladimi – video

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bosh muharrir o‘rinbosari
Bu amaliyotni tekin qilib qo‘yish, banklarning qiziqishini pasaytiradi
bankomat
Bankomatlarda pulni naqd qilish uchun foizlar yo‘qoladimi / Foto: cozyta / www.depositphotos.com

Markaziy bank tomonidan tashkil etilgan media muloqot chog‘ida OAV vakillariga bankomatlardan pulni naqd qilish komissiyalari haqida ma’lumot berildi. Markaziy bankning to‘lov tizimlari departamenti direktor o‘rinbosari Miraziz Mirhayotov ushbu komissiyalar bejizga emasligini aytib o‘tdi.

«Bu istalgan davlatlarda kuzatilishi mumkin. Pulni sanash, qayta sanash, saqlash xajajaratlari, shuningdek, bankomatning texnik xarajatlari, elektr energiya to‘lovlari tufayli bu komissiyalar yuzaga keladi. Qo‘shimcha qiladigan bo‘lsak, mamlakatda havo juda isib ketish holatlari kuzatiladi. Bunda albatta ko‘p elektr energiya sarflanadi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, har bir bankomat shoxobchasida mijozlarga havo issiq paytda sharoit yaratish maqsadida konditsioner o‘rnatilgan va ular doimiy ravishda ishlamoqda», – deb aytdi departament direktor o‘rinbosari.

«2017-yilga qadar O‘zbekiston hududida bankomatlar soni 309 donani tashkil etgan. Ulardan naqd pul yechish mutlaqo foizsiz amalga oshirilar edi. Keyinchalik banklarning o‘ziga ushbu komissiya uchun o‘zi foizni belgilash topshirildi. Natijada hozirga kelib 16 ming dona bankomat butun respublika bo‘ylab o‘rnatilgan. Banklar o‘rtasidagi raqobat tufayli, bir nuqtada siz turli banklarning turli xildagi bankomatlarini ko‘rishingiz mumkin. Bu bozor iqtisodiyoti», – deb qo‘shimcha qildi Miraziz Mirhayotov.

Bu amaliyotni tekin qilib qo‘yish, banklarning qiziqishini pasaytirishi va bankomatlarning kamayishiga ham olib kelishi mumkinligi alohida ta’kidlandi.

Muloqot chog‘ida Miraziz Mirhayotov qiziq bir statistikani ma’lum qildi.

«Hozirgi kunda plastik kartani to‘ldirish operatsiyalari naqd pul qilishdan ko‘ra ko‘paygan. Xalqimiz plastik kartaning qulayligini tushunib bo‘ldi. Sababi plastik karta orqali bemalol, hech qanday muammolarsiz onlayn to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin», – deb aytdi departament direktori o‘rinbosari Miraziz Mirhayotov.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Markaziy bank o‘z mobil ilovasini ishlab chiqayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek