Koreya Respublikasining Samsung kemasozlik zavodi oʻzbekistonliklarni ishga taklif qilmoqda

Koreya Respublikasining eng yirik ogʻir sanoat kompaniyasi – Samsung kemasozlik zavodi elektriklarni ishga taklif qiladi. Bu haqda Migratsiya agentligi telegram kanalida e’lon qilindi.
Mavjud boʻsh ish oʻrni uchun 22 – 35 yoshlar oraligʻidagi elektr energetika va turdosh yoʻnalishlar boʻyicha bakalavr yoki undan yuqori darajali shaxslar hujjat topshirishi mumkin. Shuningdek, nomzodlar bir yildan ortiq ish tajribasiga ega va sudlanmagan boʻlishi shart.
Tanlov joriy yilning 4 – 7-aprel kunlari ish beruvchi kompaniyaning vakillari tomonidan oʻtkaziladi. Imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar orasidan 40 nafar nomzod iyun oyida Janubiy Koreyaga joʻnab ketadi. Belgilangan maosh $1720 dan boshlanadi.
Ish shartlari, xarajatlar xususida Workmall xususiy bandlik agentligi mutaxassislariga murojaat qilishingiz mumkin. Murojaat uchun telefon: 71 2008600
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Avtobus haydovchilari Germaniyaga ishga taklif etilayotgani haqida yozgan edi.