«Oʻzbekfilm» kinostudiyasini rekonstruksiya qilish qachon yakunlanadi?
eʼlon qilindi
Studiya rahbarining ta’kidicha, bunga 2 yil vaqt ketadi

«Oʻzbekfilm» kinostudiyasining toʻliq ta’mirlanishi 2027-yilda yakunlanadi. Bu haqda «Oʻzbekfilm» direktori Bahodir Muhammedov TASS agentligiga ma’lum qildi.
«2027-yilga kelib biz kinostudiyani jihozlash va rekonstruksiya qilishni toʻliq yakunlaymiz», – degan Muhammedov TASS agentligiga.
Uning qoʻshimcha qilishicha, rekonstruksiyadan soʻng studiya qoʻshma kinematografiya loyihalarini amalga oshirish uchun Markaziy Osiyodagi eng yirik platformaga aylanadi.
Muhammedovning soʻzlariga koʻra, soʻnggi toʻrt yil ichida «Oʻzbekfilm» kinostudiyasiga $15 mlndan ortiq mablagʻ yoʻnaltirilgan.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan oʻzbek qizi haqidagi film «Oskar» mukofotining beshta haykalchasi bilan taqdirlangani haqida yozgan edi.