Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi tayinlandi

Ravshan Haydarov Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (OʻFA) ma’lum qildi.
OʻFA murabbiylar kengashi yigʻilishida U-23 terma jamoasi boshqaruviga nomzod murabbiylar muhokama qilindi. Unga koʻra, «Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi» faxriy unvoni egasi Ravshan Haydarov nomzodi ilgari surildi va rahbariyat tomonidan tasdiqlandi.
Haydarov faoliyati davomida U-22, U-23 toifadagi terma jamoalari va «Paxtakor» klubiga murabbiylik qilgan. Uning faoliyatida jamoalar ikki karra Osiyo chempioni boʻlgan. Shuningdek, ikki bor Jahon chempionati ishtirokchisiga aylangan.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan «Paxtakor» Toshkentda «Al-Hilol» ustidan gʻalaba qozongani haqida yozgan edi.