Olmaotada BMT Barqaror rivojlanish markazi ochiladi

eʼlon qilindi
Корреспондент
Bmt
Qaror tashkilotga a’zo davlatlar tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi
Olmaotada BMT Barqaror rivojlanish markazi ochiladi/ Foto: Bernd Dittrich / Unsplash

Olmaotada BMTning Markaziy Osiyo va Afgʻoniston uchun Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) markazi ochiladi. Bu haqda Qozogʻiston tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Markazni tashkil etish tashabbuskori Qozogʻiston rahbari Qosim-Jomart Toqayev. Rezolyutsiya BMT Bosh Assambleyasi yigʻilishida bir ovozdan qoʻllab-quvvatlandi. Unga 152 ta davlat tomonidan hammualliflik qilgan.

Markaz Markaziy Osiyo davlatlari, xalqaro tashkilotlar, biznes va notijorat birlashmalari oʻrtasidagi hamkorlik platformasi sifatida faoliyat yuritadi. U Qozogʻiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida barqaror rivojlanish loyihalarini muvofiqlashtiradi.

Toqayevning soʻzlariga koʻra, Qozogʻiston mintaqaviy integratsiya jarayonlarida yetakchi rol oʻynashga tayyor. Ofisning ochilishi BMTga tashkilot dasturlarini mintaqa sharoiti va ehtiyojlariga yaxshiroq moslashtirishga yordam beradi. Markaz oʻzaro tajriba almashish va samarali amaliyot maskaniga aylanadi.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Oʻzbekiston BMT Xavfsizlik kengashining vaqtinchalik a’zoligiga oʻz nomzodini ilgari surgani haqida yozgan edi.

Shuningdek