Oʻzbekiston Slovakiyaga birinchi elchisini tayinladi

eʼlon qilindi
Ushbu lavozimga Baxtiyor Ibrohimov tayinlandi
Oʻzbekiston Slovakiyaga birinchi elchisini tayinladi/ Foto: «Dunyo»

Baxtiyor Ibrohimov Oʻzbekistonning Slovakiyadagi birinchi elchisi boʻldi. Ushbu tayinlov haqida «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Baxtiyor Ibragimov, shuningdek, Oʻzbekistonning Avstriya va Albaniyadagi diplomatik missiyasini boshqaradi. Elchi Slovakiya prezidenti Peter Pellegriniga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Uchrashuvda tomonlar Toshkent va Bratislava oʻrtasidagi munosabatlar yangi bosqichga koʻtarilayotganini taʼkidladilar. Joriy yilda ham har ikki davlat iqtisodiyot va madaniyat sohalarida tadbirlarni rejalashtirgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri 6-mart kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev olti davlatning yangi elchilarini qabul qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek