O‘zbekistonda dollar kursi yana oshadi

eʼlon qilindi
11-martdan
Foto: NewAfrika / www.depositphotos.com

11-martdan AQSh dollarining rasmiy kursi 21,75 so‘mga oshib, 12 940,11 so‘mni tashkil etadi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarini 12 855 – 12 910 so‘mdan sotib olayotgan bo‘lsa, 12 930 – 13 000 so‘m oralig‘ida sotmoqda.

Shu bilan birga, yevro 103,72 so‘mga oshib, 14 055,55 so‘mga yetdi. Rossiya rubli esa 0,97 so‘mga oshib, 145,62 so‘mga teng bo‘ldi.

Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 so‘mga yetishi mumkin.     

Shuningdek