O‘zbekistondagi Top – 35 rahbar ayollar reytingi yangilandi

eʼlon qilindi
Reyting «Yuksalish» harakati tomonidan tuzildi
Rahbar ayollar
Foto: AllaSerebrina / Depositphotos

«Yuksalish» harakati O‘zbekistondagi Top – 35 rahbar ayollar reytingini yangiladi. Bu haqda harakatning matbuot xizmati xabar berdi.

Reytingda boshqaruv sohasida faoliyat yuritayotgan 35 nafar ayollar keltirilgan. 2024-yilda bu ro‘yxatdagi ayollar soni 40 nafarni tashkil etgandi.

Top-35 rahbar ayollar reytingi
Foto: Yuksalish harakati

Bu yilgi reytingda yetakchilikni Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani hokimi Dilfuza Uralova egallagan.

Ushbu reytingni aniqlashda respublikadagi 300 nafardan ortiq nomzodlarning faoliyati tahlil qilindi. Ularning kasbiy yutuqlari, sohani rivojlantirishga qo‘shilgan hissasi va ijtimoiy faolligi hisobga olindi. Shuningdek, ayollarning boshqaruvdagi roli, gender tengligini rivojlantirishdagi o‘rni baholandi.

Ma’lumot uchun, rahbar ayollarning 5 nafari Prezident Administratsiyasida, 3 nafari Oliy Majlis Qonunchilik palatasida, 2 nafari Senatda va 6 nafari Vazirlar Mahkamasida hamda qolgan 19 nafari mahalliy boshqaruv tizimida, qo‘mita, idora va markazlarda, prokuratura, ta’lim va moliya sohasida, shuningdek, Inson huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida faoliyat yuritadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 64 nafar ayol turli davlat mukofotlari bilan taqdirlangani haqida yozgandi.

Shuningdek